«Raqobat to'g'risida»gi qonun

26-modda. Iqtisodiy kontsentratsiya ustidan davlat nazorati

(26-модда биринчи қисмининг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-1137-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2026 й., 03/26/1137/0396-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 22 июль)

Iqtisodiy kontsentratsiya ustidan davlat nazorati iqtisodiy kontsentratsiyaga oldindan rozilik berish orqali vakolatli davlat organi tomonidan quyidagi hollarda amalga oshiriladi: xo'jalik yurituvchi sub'yektni qo'shib olish yoki qo'shib yuborish orqali qayta tashkil etishda; shaxs yoki shaxslar guruhi O'zbekiston Respublikasida ro'yxatga olingan aktsiyadorlik jamiyati ovoz beruvchi aktsiyalarining 25 foizidan ortig'ini tasarruf etish yoxud mas'uliyati cheklangan jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarning uchdan bir qismidan ortig'ini tasarruf etish huquqini olganda. Agar ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan bitimlarda ishtirok etayotgan xo'jalik yurituvchi sub'yektlardan biri aktivlarining balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz ellik ming baravari miqdoridan ortiq yoxud ularning aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan jami tushumi bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz ming baravari miqdoridan ortiq bo'lsa, iqtisodiy kontsentratsiya ustidan davlat nazorati amalga oshiriladi. Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risidagi qonunchilik iqtisodiy kontsentratsiyaga vakolatli davlat organining oldindan roziligini olish bilan bog'liq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Ushbu moddaning talablari quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi: davlat ishtirokidagi korxonalarning qo'shib yuborilishiga yoki qo'shib olinishiga yoxud ularning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalarning (ulushlarning) olinishiga doir bitimlar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan amalga oshirilgan hollarga; xo'jalik yurituvchi sub'yektni tashkil etish chog'ida uning muassislariga; xo'jalik yurituvchi sub'yekt tomonidan ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) o'z aktsiyalarini (ulushlarini) olishga doir bitimlarga; aktsiyadorlik jamiyati (mas'uliyati cheklangan jamiyat) o'z ustav fondining (ustav kapitalining) miqdorini saqlab qolgan holda boshqa tashkiliy-huquqiy shaklga o'zgartirilishiga; aktsiyalar (ulushlar) keyinchalik qayta sotish maqsadida investitsiya vositachilari tomonidan olinishiga; xo'jalik yurituvchi sub'yektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalarni (ulushlarni) jismoniy shaxs tomonidan olishga doir bitimlarga, agar ariza bilan murojaat etilgan paytda bunday jismoniy shaxs biron-bir xo'jalik yurituvchi sub'yektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalarning (ulushlarning) 25 foizidan ko'prog'ini tasarruf etmagan bo'lsa.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

NIMANI ANGLATADI Davlat kontsentratsiya nazorati — katta kompaniyalarning birlashishi yoki birining boshqasini sotib olishini davlat tekshirish va ruxsat berish jarayoni. Agar kompaniya juda katta bo'lsa yoki bozorda kuchli bo'lsa, davlat oldindan rozi bo'lishi kerak. Bu raqobatni himoya qilish uchun qilinadi. KIMGA TEGISHLI Iqtisodiy kontsentratsiyani nazorat qilish vakolatli davlat organiga tegishli. AMALDA Masalan, ikkita katta avtomobil zavodi birlashmoqchi bo'lsa, davlatdan oldindan ruxsat olishlari kerak. Agar ularning aktivlari yoki savdosidan olingan daromad juda katta bo'lsa, davlat bu birlashuvni tekshiradi va raqobat buzilmasligi uchun shart qo'yishi mumkin.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.